Keyingi yillarda mamlakatimizda Xitoy davlati bilan o‘zaro iqtisodiy va ijtimoiy aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida bugungi kunda xitoylik ishbilarmonlar ishtirokidagi 25 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Viloyatda Xitoy tajribasi bo‘yicha 45 ta kichik sanoat zonasi va 120 gektar maydonda erkin iqtisodiy zona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularda tadbirkorlik faoliyati uchun barcha imkoniyat yaratilgan.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani “Qoratepa” QFY, Fayzobod qishlog‘ida joylashgan “Litai Textile International” MCHJ xorijiy korxonasi viloyatda xitoylik hamkorlar ishtirokida birinchilar qatorida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan yirik to‘quvchilik korxonalaridan biri sanaladi.

2015 yilda qurilishi boshlangan korxonaning 2017 yil avgust oyidan boshlab birinchi bosqichi ishga tushirildi. Zavodda asosan preslangan holda keltirilgan paxtadan ip kalava ishlab chiqariladi. O‘zbekiston bo‘yicha eng katta ishlab chiqarish ob’ekti hisoblangan korxonada eng oxirgi rusumdagi texnologiyalardan foydalaniladi. Hozirgi kunda korxonada 1 ming 400 nafardan ortiq aholi ish bilan ta’minlangan. 

Bu yerda ishlab chiqarilayotgan 85 foiz mahsulot chet davlatlarga eksport qilinadi. Korxona mahsulotlarining 60 foizi asosan Turkiya davlatiga eksport qilinmoqda. Bundan tashqari Yevropa va MDH davlatlari va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlarga ham ekport yo‘lga qo‘yilgan. 

2021 yil dekabr oyida esa korxonaning ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirildi va eksport hajmi yiliga 100 million AQSH dollariga yetkazildi. 

“Litai Textile International” xorijiy korxonasining birgina birinchi bosqichi yiliga 20 ming tonna kalava ip mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniga ega. Ushbu bosqichning eksport hajmi esa yiliga 50 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Ayni paytda korxonada 30 nafardan ortiq xitoylik mutaxasis ishlayapti.

[gallery-15556]

– Korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan buyon o‘rta va yuqori darajadagi ip yigirishga e’tibor qaratiladi, – deydi korxona xodimi Qiao Chuanqing. – Maqsadimiz “yashil iqtisodiyot”, “aqlli ishlab chiqarish” va barqaror kelajak sari intilishdir. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida uzoq va chuqur munosabatlar mavjud bo‘lib, bu bizning biznesimiz uchun mustahkam poydevor yaratadi. So‘nggi 9 yil ichida biz ip-kalava tayyorlash va to‘qimachilik sohasida muhim yutuqlarga erishdik. Qashqadaryoda eng yaxshi eksportchi sharafini qo‘lga kiritdik. Sifat va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro to‘qimachilik standartining “Oeko-Tex®” sertifikatiga ega bo‘ldik. Kompaniyamiz O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida do‘stona hamkorlik ko‘prigi bo‘lishda davom etadi.

Korxonada ishchi -xodimlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, oshxona, kiyinish xonasi, hojatxona, shuningdek, uy manzili 30 kilometrdan uzoqda joylashgan bo‘lsa, ishchilar uchun bepul yotoqxonalar ham mavjud. 

Yaqinda korxonaning 3-bosqichi ham ishga tushish arafasida. Ushbu bosqich qurilishi 2020 yildan boshlangan. Hozir qurilish ishlari davom etmoqda. Ushbu bosqich, ya’ni tayyor mahsulot ishlab chiqarish sexi ishga tushirilishi bilan qo‘shimcha 500 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlash imkoni yaratiladi. – “Litai Textile International” xorijiy korxonasi faoliyat yuritayotganiga 6 yil to‘ldi, – deydi korxona mas’ul xodimi Go‘zal Tog‘ayeva. – Korxonamizda asosan preslangan paxtadan ip kalava mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ushbu vaqt davomida ichki bozordan tashqari 20 dan ortiq dunyo mamlakatlariga eksport qilingan. 

Jumladan, Rossiya, Turkiya, Belgiya, Belarus , Shvetsariya , Moldova, Marokash, Eron, Pokiston va ko‘plab MDH hamda Yevropa mamlakatlariga korxonamizda ishlab chiqarilgan 90 foiz mahsulotlarning eksporti amalga oshirilgan. O‘tgan 2023 yil ham korxonamiz uchun omadli yillardan biri bo‘ldi. Sababi yuqoridagi mamlakatlar qatorida Xitoy davlatiga ham eksport amalga oshirildi. Shuningdek, dunyo mamlakatlariga eksportni amalga oshirishda hukumatimiz tomonidan ko‘plab bir qancha yengilliklar yaratib berildi. Birgina misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, eksport qilinayotgan ip- kalava mahsulotining bir kilogrammi uchun 5 sentdan yig‘im undirilayotgan edi. Endilikda mazkur to‘lov davlatimiz rahbari tomonidan 2025 yilning yanvar oyiga qadar bir kilogramm mahsulot uchun 5 barobarga kamaytirildi. Ya’ni bir kilogramm ip - kalava mahsuloti uchun undiriladigan yig‘im bir sent etib belgilandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6kBqiNlJI80" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Litai Textile International” – Qashqadaryodagi yirik to‘qimachilik korxonasi (+video)