Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi kotibiyati doimiy a’zosi general Liong Kiong mamlakat prezidenti etib saylandi. Bu haqda “VnExpress” nashri yozgan.

Ushbu qaror Milliy majlisning barcha 440 noibi tomonidan yakdil qo‘llab-quvvatlangan. Ovoz berishdan so‘ng ko‘p o‘tmay, Liong Kiong qasamyod qilish uchun minbarga ko‘tarildi.

Vetnamning yangi Prezidenti 67 yoshda. Liong 1975 yil armiyada xizmat qila boshlagan va siyosiy komissar, Armiya okrugi Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari darajasigacha ko‘tarilgan. Shuningdek, mamlakat Bosh siyosiy boshqarmasi raisi lavozimini ham egallagan.

2013 yilda tasdiqlangan Konstitutsiyaga asosan, Prezident Milliy Majlis tomonidan deputatlar orasidan saylanadi. 2024 yil 22 mayda bu lavozimni Hukmron partiya MQ bosh kotibi etib saylangan To Lam egallagandi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Liong Kiong – Vetnamning yangi prezidenti