Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, siyosiy fanlar doktori Otabek Hasanovning “Liderlar kitobi” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda muallif bugungi kunda, ayniqsa, lider tushunchasi uning mohiyatini anglash har bir shaxs uchun muhimliligini ta’kidladi.  

Ushbu kitobda juda ko‘p yangi g‘oyalar, hayotga teran nazar bilan qarash, g‘oliblikka intilish, saodat va komillik uchun dadil qadam tashlash, jasurlik va mardlik kabi insoniy fazilatlarni o‘zida shakllantirish, Vatan rivojiga, uning iqtisodini yuksaltirishga astoydil kirishish, aql-zakovatni, ilmni har qanday ishdan ustun qo‘yish kabi holatlar mujassam bo‘lgan.  

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.  

Darhaqiqat, kitob hayot yo‘limizni yoritib turuvchi mayoqdir. U insonga ulkan ma’naviy ozuqa berib, qalbini ezguliklarga oshno etadi. Yaxshi kitob tafakkurga qanot, qalbga yorug‘lik bag‘ishlaydi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Liderlar kitobi” hayotga teran nazar bilan qarashga undaydi