Koreyaning yetakchi “LG International” Co.Ltd kompaniyasi bilan 40 million AQSH dollarlik shartnoma yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmatining bu haqda maʼlum qilishicha, "LG Internatioanal” Co.Ltd kompaniyasi vitse prezidenti Djun X.Kim boshchiligida tashrif buyuruvchilarni viloyat hokimi oʻrinbosari A.Ahmadxoʻjayev hamda viloyat Investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi B.Akramov kutib olishdi.

A. Ahmadxoʻjayev viloyatda keyingi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda amalga oshirilayotgan ishlar va Jizzax viloyatida joriy yilning 1 martidan "Ilgʻor hudud” dasturining istiqbollari va viloyatning investitsion va turizm salohiyati toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Oʻz oʻrnida, “LG Internatioanal” Co.Ltd kompaniyasi vitse prezidenti Djun X.Kim soʻzga chiqib, 2018 yil 29-30 avgust kunlari Jizzax viloyatida oʻtkazilgan Xalqaro Investitsiya Forumi doirasida imzolangan umumiy qiymati 40 mln. AQSH dollarilik ”BOPP plyonka ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish” loyihasi yuzasidan toʻxtaldi. Bitimning keyingi istiqbollari va loyihani amalga oshirish belgilangan hududning ahamiyati, ushbu loyihani jadallashtirish borasida ham fikr almashildi. 

Uchrashuvda tomonlar loyiha doirasidagi keyingi amaliy ishlar toʻgʻrisida kelishib oldilar.

O. Jumaboyev tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“LG International” Co.Ltd Jizzaxda 40 mil. AQSH dollarlik loyiha amalga oshirmoqchi