Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida WBC Gran-prisining nimchorak final bosqichi o‘zbek bokschilari uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Jumladan, musobaqaning ushbu bosqichida hamyurtimiz Lazizbek Mullajonov eng og‘ir vazn toifasida marokashlik Yuness Baalaga qarshi ringga ko‘tarildi.  6 raund etib belgilangan ushbu bellashuv to‘liq davom etdi. Quvonarlisi, unda  Lazizbek g‘alaba qozondi va avgust oyida bo‘lib o‘tadigan chorak finalga yo‘l oldi.  

Ma’lumot o‘rnida: WBC Gran-prisining 1/8 finalida yana ikki nafar charm qo‘lqop ustamiz – Mujibillo Tursunov va Ayubxon Baxtiyorov o‘z vazn toifalarida zafar quchgan holda, 1/4 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Lazizbek Mullajonov ham WBC Gran-prisida g‘alaba qozondi