Layma Vladson Misrda chorak finalga chiqdi
Misrning Sharm-el-Sheyx shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan W15 tasnifiga kiruvchi xotin-qizlar o‘rtasida davom etayotgan turnirda mamlakatimiz sharafini Layma Vladson himoya qilmoqda.
Nufuzli musobaqaning juftlik bellashuvlarida Layma misrlik Yamin Ezzat bilan tandem hosil qildi. Ular chorak finalda italiyalik Kamilla Zanolini va fransiyalik Louna Zoppas juftligini 4:6, 7:6, 10:5 hisobida taslim etgan holda yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Layma va Yamin nufuzli turnirning final ostonasida neytral tennischi Mariya Golovina va qozog‘istonlik Arujan Saganikova bilan kuchi sinashadigan bo‘ldi. Darvoqe, Layma Vladson o‘tgan hafta yakunida aynan ushbu shaharda o‘tgan juftlik bellashuvlarida vitse-chempionga aylangan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA