Latviyada NATO askarlarining o‘quv-mashqlari boshlandi
O‘tgan dushanba kuni Latviyada NATO harbiy xizmatchilari ishtirokidagi Iron Spear 2021 xalqaro harbiy o‘quv-mashqlari boshlandi, deyiladi Latviya mudofaa vazirligi tarqatgan matbuot xabarnomasida.
Harbiy o‘quv-mashqlar 9 aprelgacha davom etishi, unda tanklar va zerxli texnikalardan jangovor o‘q otish mashqlari bajariladi, deyiladi xabarda.
«Mashqlar NATOning Latviya, Litva, Estoniya va Polsha davlatlari bilan kengaytirilgan jangovar guruhlari hamda respublikaning quruqlikdagi mexanizatsiyalashgan piyoda askarlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi», – deyiladi tarqatilgan matbuot xabarnomasida.