Latviya Ukrainaga harbiy ko‘mak yukini yuboradi
Latviya mudofaa vaziri Artis Fabriks va ukrainaning mazkur mamlakatdagi elchisi Aleksandr Mishenko ukrain tomoniga yuboriluvchi ko‘mak bo‘yicha kelishuvga erishdi.
“LTV” davlat televideniyesi ma’lumotida Boltiqbo‘yi davlati mudofaa vaziri dekabrda Ukrainani qurol bilan qo‘llab-quvvatlash zarurligini aytgani eslatilgan va telereportajda bu ko‘mak “gumanitar” deb atalgan.
Qanday qurol yoki o‘q-dorilar yuborilishiga aniqlik kiritilmagan.
Pabriks: “Qurol va texnika vositalar bilan ko‘mak beramiz. Yevroittifoqdagi boshqa mamlakatlarni ham shunday qilishga chaqiramiz”, deb ta’kidlagan.
Avvalroq Estoniya mudofaa vazirligi Ukrainaga harbiy ko‘mak berishga qaror qilgandi.