Latviya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs bilan videomuloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Latviya aloqalarining siyosiy-diplomatik, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqoti hamda «O‘zbekiston – Latviya – Yevropa Ittifoqi» shaklidagi hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar hamda mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
O‘zA