KXDR: Pxenyan va Moskva hamkorligi mustahkam
AQSHning KXDR va Rossiya o‘rtasidagi munosabatga nisbatan qarashi Vashingtonning zaifligidan darak beradi. Bunday dadil bayonotni Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Im Chxon Ir bildirdi, deb yozdi “TASS agentligi.
Mulozimning so‘zlaridan “Qo‘shma Shtatlarning Koreya – Rossiya aloqasiga salbiy munosabat bildirishi ushbu mamlakatning aksil imperialistik va mustaqil mamlakatlarga qarshi turishdagi zaifligini anglatadi”, mazmunidagi iqtibosni KXDR Markaziy telegraf agentligi keltirgan.
Im Chxon Ir qayd etishicha, Shimoliy Koreya va Rossiya munosabati tinchlikni himoya qilish, “imperialistlarning o‘zboshimchaligini, g‘arbiy tahdid va aralashuvni” to‘xtatishda qudratli tayanch, strategik voqelikdir.
Vazir o‘rinbosari, shuningdek, AQSH – Yaponiya – Janubiy Koreya alyansi va NATOni “xalqaro tartib, tinchlik va xavfsizlik uchun saraton”, deb atagan.