2025-2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan kvotalar rasman tasdiqlandi.
BAKALAVR YO‘NALISHI BO‘YICHA:
Davlat granti asosida — 35 500 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.
Kunduzgi ta’lim shakli — 148 400 ta joy
Kechki ta’lim shakli — 28 732 ta joy
Masofaviy (onlayn) ta’lim — 18 195 ta joy
Bu ko‘rsatkichlar orqali imkoniyatlar yanada kengaydi. Har bir abituriyent o‘ziga qulay shaklda o‘qish imkoniga ega.
MAGISTRATURA BO‘YICHA:
Davlat granti asosida — 9 922 ta joy
Kunduzgi shakl — 20 210 ta joy
Kechki shakl — 1 319 ta joy
Masofaviy ta’lim — 420 ta joy
Magistratura uchun ham keng imkoniyatlar yaratilgan. Ayniqsa grant asosidagi joylar sonining ortgani quvonarli.
MAQSADLI QABUL KVOTALARI:
Maxsus sohalar bo‘yicha ajratilgan kvotalar:
Sog‘liqni saqlash sohasi — 1 173 ta joy
Maktab ta’limi sohasi — 626 ta joy
San’at sohasi — 4 ta joy
Bu joylar faqat shu sohalarga yo‘naltirilgan maxsus abituriyentlar uchun mo‘ljallangan.
IMTIYOZLI KVOTALAR:
Quyidagi toifalarga alohida kvotalar ajratildi:
Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun — 4 000 ta joy
5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun — 2 500 ta joy
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun — 3 907 ta joy
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun — 1 953 ta joy
Harbiy tavsiyanoma bilan topshiruvchilar uchun — 9 766 ta joy
Bu imtiyozlar ijtimoiy tenglikni ta’minlashga xizmat qiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/LNB_v0QH0ik?si=iIliiAK2DEcHnFaQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Fardona Yaxshiboyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA