Ijtimoiy tarmoqlarda "kvadrober-bolalar"ning paydo bo‘lishi haqidagi xabar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqdp. So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar o‘rtasida o‘zini ma’lum bir hayvon qiyofasida aks ettiruvchi aksessuarlardan foydalangan holda o‘sha jonzotning xatti-harakatlariga taqlid qilish ko‘rinishidagi kvadroberlik submadaniyati namoyon bo‘lmoqda.
Bunday harakatlar Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina yoshlari orasida kuzatilishi bilan birga Toshkent shahrida ham uchramoqda. Xususan, 10 oktyabrda hayvonlar qiyofasidagi niqoblarni taqib olgan kvadrober uchratilgan, 11 oktyabrda esa yana bir kvadrober yo‘lovchilarga itga taqlid qilib hujum qilgan. Voqeaga guvoh bo‘lgan bola qattiq qo‘rqib ketgani haqida xabar berilgan.
Bugungi lavhamizda bolalar o‘rtasidagi beg‘ubor o‘yinlar qachon xavfli o‘yinga aylanishi mumkinligi, "kvadrobika"ning bolalarning xulq-atvoriga salbiy ta’siri, oqibatlari haqida ma’lumot beramiz.
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/LKX1nCNh0iU" title="“Kvadroberlar” jamiyat uchun qanchalik xavfli?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, I.Ismatov O‘zA