Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz-qishga taraddud: dastlab 220-500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari ko‘rikdan o‘tkaziladi

"O‘zbekiston MET" AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugun o‘tkazilgan ishchi tartibdagi videoselektor yig‘ilishida 2022-2023 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini boshlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bu borada berilgan ko‘rsatmalarga binoan mavsumiy ta’mirlash-sozlash ishlari dastlab qo‘shni respublikalar hududidan kesib o‘tgan 220-500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini ko‘rikdan o‘tkazishdan boshlanadi. 

Ularda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, eskirgan uskuna va jihozlarni yangilash, ta’mirlash-sozlash, shuningdek, qo‘shimcha tarzda qushlar qo‘nishidan himoya moslamalarini o‘rnatish, tayanch ustunlarining mustahkamligini ta’minlash va boshqa texnik-muhandislik amaliyotlari orqali boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston hududidan o‘tuvchi magistral elektr tarmoqlari mavjud bo‘lib, ularning barqaror faoliyati mamlakatimiz elektr ta’minoti ishonchliligini  oshirishga xizmat qiladi. 

O‘zA