O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining buyrug‘i bilan kuz-qish mavsumida iste’molchilarga tezkor axborot yetkazish maqsadida “Matbuot shtabi” tashkil etildi.

Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mazkur shtab tarkibiga Yoqilg‘i-energetika kompleksi tashkilotlari matbuot kotiblari kiritilgan.
 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kuz-qish mavsumida havo haroratining keskin sovishi bilan bog‘liq ravishda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli keskin oshishi sababli ushbu masalalar bo‘yicha murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.

Energetika vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi Elmira Bekmurodovaning ta’kidlashicha, yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, shuningdek, elektr energiyasi, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmlari, kuzatilayotgan nosozliklarning sabablari va ularni bartaraf etish to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lumot berish muhim ahamiyatga ega.
 
–Shu talablarni hisobga olib, iste’molchilar, ommaviy axborot vositalari va blogerlarga yakdil xulosaga ega ma’lumotlar taqdim etish maqsadida, Energetika vazirining tegishli buyrug‘i asosida 2021–2022 yil kuz-qish mavsumida faoliyat yuritadigan “Matbuot shtabi” o‘z faoliyatini boshladi.Unda Energetika vazirligida tizim tashkilotlari matbuot kotiblaridan iborat jamoa faoliyat yuritib, Shtab a’zolari iste’molchilar murojaatlariga javoblar, mavjud muammo va uning yechimlari to‘g‘risida tezkor axborot berishni rejalashtirgan, – dedi Elmira Bekmurodova..
 
Eslatib o‘tamiz, yoqilg‘i-energetika sohasiga oid barcha qiziqtirgan savol va murojaatlarni press@minenegry.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Energetika vazirligi Matbuot shtabining platformasi — Energetika vazirligining minenergy.uz veb-sayti hamda Telegramm mesenjeridagi https://t.me/minenergy_uz kanalidir.

Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuz-qish mavsumida iste’molchilarga tezkor axborot yetkazish maqsadida “Matbuot shtabi” o‘z faoliyatini boshladi