Atoqli san’atkor Botir Zokirov ovozi, ijro usuli g‘oyat betakror, sahna madaniyati yuksak ijodkor edi.

Poytaxtimizda O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek zamonaviy professional estrada ijrochiligining asoschisi, aktyor, rassom Botir Zokirov tavalludining 89 yilligi munosabati bilan “Kuylamoq yashamoq demakdir” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  

San’atkor nomi bilan tashkil etilgan  Milliy estrada san’ati  instituti tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirga ijodkorlar, oliy o‘quv yurtining professor-o‘qituvchilari,  talaba-yoshlar  taklif etildi.  

Mazkur oliy o‘quv dargohining birinchi prorektori F.Qurbonova va boshqalar  davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida mamlakatimizda Botir Zokirovning ijodini o‘rganish, uni targ‘ib etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi. 

Toshkent shahrida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu bilim dargohining tashkil etilgani, uning siymosi gavdalantirilgan haykalning qad rostlagani ham Botir Zokirovga munosib izdoshlarni kamolga yetkazishdek ulug‘vor maqsadlarni ko‘zlashi bilan diqqatga sazovor.  

Tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov va Gavhar Zokirova  qatnashib, bolalik xotiralari, ustoz san’atkorning ijod davrlarini yodga oldi.

Yosh xonandalar tomonidan atoqli san’atkor qo‘shiqlaridan namunalar  ijro etildi.  

Tadbir yakunida Botir Zokirov haykali poyiga gullar qo‘yildi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kuylamoq yashamoq demakdir”