Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Zomin turistik zonasi Suffa palatasidagi yangidan barpo etilgan amfiteatrda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi oldidan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari, soha faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari va yaqinlari hamda dam oluvchilar ishtirok etdi. Unda viloyat IIB boshlig‘i general-mayor G‘ayrat Qodirov barcha ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan samimiy qutladi.  

Tadbir davomida ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar – 2024” tanlovining mintaqaviy bosqichi va bir qator sport bellashuvlari g‘oliblariga faxriy yorliq, tashakkurnoma, qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan Arnasoy tumani “Cho‘lquvar” MFYda bayram konsert dasturi tashkil etildi. Tuman hokimi Odil Musanov, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Rahmatilla Bo‘riyev barchani bayram bilan qutlab, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da hududda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning yorqin samarasi, aholiga yaratilayotgan qulayliklar xususida so‘z yuritdi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uv65RSkVaY8" title="Kuy-qoʻshiqlarda mustaqillik vasfi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Zomin va Arnasoy tumanlari madaniyat uylarining iqtidorli havaskorlari, viloyat san’at ustalari, ijrochi yoshlarning kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga bayram kayfiyatini hadya etdi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat, video), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuy-qo‘shiqlarda mustaqillik vasfi (+video)