O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi va Zakovat intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Akademiya kursantlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Ushbu intellektual o‘yinda “Femida”, “Boburiylar”, “Muhofaza”, “Qutqaruvchilar”, “Vatanparvar” va “Temuriylar” jamoalari o‘zaro bellashdi.
Qiziqarli o‘tgan “Zakovat” intellektual o‘yini hakamlar hay’ati tomonidan ikki turdagi 24 ta savoldan iborat shartlar bo‘yicha adolatli baholab borildi.
Mazkur “Zakovat” intellektual o‘yinining yakuniy natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan “Muhofaza” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Faxrli ikkinchi o‘rinni “Boburiylar” jamoasi egallagan bo‘lsa, faxrli uchinchi o‘rin “Qutqaruvchilar” jamoasiga nasib etdi.
Yakunda tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindorlar hamda faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/k4lJr8rwu1Q" title="Kursantlar zakovatda bellashdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA