Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida birinchi bosqich kursantlarining “Vatanga qasamyod” tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Xurshid Aliboyev hamda akademiya boshlig‘i, general-mayor Ravshan Haydarov so‘zga chiqib, mazkur tantanali tadbir kursantlar uchun faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otish bilan bir qatorda, ulkan mas’uliyat va tanlagan kasbiga umrbod sodiqlikni ham talab etishini ta’kidladi. 

Qayd etilganidek, tabiiy va texnogen tusdagi ofatlar bilan kurashib, o‘z jonlarini xatarda qoldirib, ko‘plab insonlarning hayoti, mol-mulklarini saqlab qolish beqiyos insoniy fazilat va eng sharafli xizmatdir. 

Shundan so‘ng kursantlar tantanali ravishda qasamyod qabul qildi. 

— G‘urur, sadoqat va oriyatni eng oliy qadriyat deb biladigan yigit uchun bu shunchaki rasmiy tadbir emas, balki yigitlik sha’ni, or-nomusini o‘rtaga qo‘yib, o‘z zimmasidagi mas’uliyatli hamda sharafli burchni ado etishga bel bog‘lash marosimidir, – dedi kursant Ozodbek Ismoilov. — FVV akademiyasiga o‘qishga kirib, jonajon Vatanimizga, xalqimizga munosib farzand bo‘lib, fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun bor kuch-g‘ayratimni ayamay xizmat qilishga tantanali qasamyod qildim. Bu hayotimdagi eng quvonchli onlardan biri bo‘lib xotiramda bir umrga muhrlanib qoladi. Akademiyada chuqur bilim olish bilan birgalikda, yurtimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilib, mamlakatimiz ravnaqini oshirishga, Prezidentimizning biz yoshlarga bildirayotgan yuksak ishonchlarini oqlashga men va safdoshlarim nomidan va’da beraman. 

— Oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish har bir yigit kishining orzusi bo‘lsa kerak, — deydi kursant Xurshid A’zamov. —Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining kursanti bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘lish bilan birga, barcha safdoshlarim bilan ilk marotaba Vatanga qasamyod qilganimdan faxrlanaman. 

Tadbir davomida akademiyada a’lo bahoga o‘qib, o‘zining intizomi, xulqi va odobi bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan hamda turli fan olimpiadalari, sport musobaqalari va tanlovlarda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘layotgan kursantlar Jon-Muhammad Ahadov, Bekjon Ulashov hamda Shuhrat Yo‘ldoshevlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Amir Temur” nomidagi stipendiyasi va faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kursantlar Vatanga qasamyod qildi 