Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalariga joriy mavsumda qabul qilingan birinchi bosqich kursantlarining Vatanga qasamyod marosimlari joylarda katta tantana bilan oʻtkazildi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti OʻzAga maʼlum qildi.

Vatanga qasamyod – bu er yigitning umrida bir bor kechadigan muhim va unutilmas voqea. Harbiy xizmatchi Vatanga qasamyod qilish orqali chinakam mardlar safidan oʻrin oladi.
photo_2020-10-25_20-16-02.jpg

Qurolli Kuchlar akademiyasida tashkil etilgan shunday tadbirda mazkur yetakchi oliy harbiy taʼlim muassasa va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti kursantlari Vatanga qasamyod qildi. Unda Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev, Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Zokir Sayfuddinov hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kegashi aʼzolari va ota-onalar ishtirok etdi.

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti hududi ham muhim voqea sabab, bayramona tus oldi. Kursantlarning yaqinlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda faxriylar tadbirning aziz mehmoni boʻlishdi. Boʻlajak ofitserlar chin mardlik, sadoqat va sodiqlik soʻzlarini yaqinlari guvohligida izhor etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida ham kursantlarning Vatanga qasamyod qabul qilish marosimi yuqori saviyada oʻtkazildi.

photo_2020-10-25_20-15-55.jpg

– Unutilmas kun hayajoni oʻzgacha boʻlmoqda, – deydi kursant Gʻulom Qodirov. – Orziqib kutganim amalga oshdi. Safdosh doʻstlarim, komandirlarimiz, ota-onalar qarshisida Vatanga qasamyod qabul qilar ekanman, xayolimda butun Oʻzbekiston xalqi boʻldi. Zimmamga katta masʼuliyatni olganimni va bildirilayotgan katta ishonchni his qildim.

Harbiy orkestr va xushovoz xonandalar ijrosida mardlik, vatanparvarlik hamda ona yurtni ulugʻlovchi kuy va qoʻshiqlar, shuningdek yurt oʻgʻlonlarining koʻrgazmali chiqishlari ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi. Tabrik uchun soʻzga chiqqanlar boʻlajak ofitserlarga ulkan yutuq va omadlar yor boʻlib, hamisha bildirilgan ishonchni oqlab yurishlarini tiladi.

Bayramona kayfiyat hukmronlik qilgan tadbirlarda barcha shodu xurram. Ammo ota-onalarchalik oʻzlarini baxtli his etganlar boʻlmagandir. Ularchalik sevingan, quvnagan... Farzandlar yutugʻi eng avvalo ularniki-da. 

photo_2020-10-25_20-16-07.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kursantlar Vatanga qasamyod qildi
Жамият
19:18 / 25:10:2020