Kurbonova Shaxrinoz Avazxonovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“To‘qimachilik korxonalarida asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va tahlilini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish masalalari” mavzusida
Kurbonova Shaxrinoz Avazxonovnaning 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha “To‘qimachilik korxonalarida asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va tahlilini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish masalalari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.19.05 raqamli Ilmiy kengashning 2026 yil 19 iyun kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150109, Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi, 86-uy. Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Tel.: (99873) 241-12-01
e-mail: info@fstu.uz