Kurbonova Mehrioy Zafarbek qizining biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Farg‘ona vodiysida tarqalgan Aegilops L. turkumi turlarining bioekologik xususiyatlari” mavzusida
Kurbonova Mehrioy Zafarbek qizining “Farg‘ona vodiysida tarqalgan Aegilops L. turkumi turlarining bioekologik xususiyatlari” mavzusidagi 03.00.10 – “Ekologiya” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.B.01.15 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 22-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi 4-uy. O‘zbekiston Milliy universitetining Biologiya va Ekologiya fakulteti binosi, 2-qavat. 203-xona.
Tel./faks: (+99871) 246–02–24; (+99871) 246–58–34
e-mail: devonxona@nuu.uz