Kurashchilarimiz Osiyo o‘yinlariga yo‘l oldi
Bugun, 23-sentabr kuni kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
Osiyo o‘yinlarining kurash musobaqalarida O‘zbekiston kurash terma jamoasi a’zolari - erkaklar -81 va +120 kilogrammda, ayollar esa -57 va -78 kilogramm vazn toifalarida sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.

To‘rt yillikning “kichik olimpiadasi”da terma jamoamiz sharafini Bekmurod Oltiboyev, Shohrux Baxtiyorov, Ahror Ziyodullayev, Fotima Qodirova, Inobat Og‘ajonova, Shohista Nazarova hamda Pokiza Kamoliddinova himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga muvofiq milliy sportimiz kurash bellashuvlari 27-29-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA