Bu insonning o‘ta talabchanligi, oddiy masalalarga ham qat’iy sinchkovlik bilan yondashishi, ayniqsa Kurash masalasidagi har qanday holatga “hayot-momot” darajasida e’tibor berishini “ba’zilar” uning “shaxsiy manfaati” sifatida xushlamay qabul qilishadi.

Aslida ham shunday. Kurash bu inson uchun shaxsiy masaladan ham ustunroq hisoblanadi. Kurash bizning, uning ota-bobolaridan qolgan bobome’ros qadriyat. Yanayam e’tiborli jihat, aynan unga O‘zbek xalqining azaliy qadriyati bo‘lgan Kurashning zamonaviy sport qonun-qoidalarini ishlab chiqish baxti musharraf bo‘ldi. Aslida o‘sha ba’zilarning, hattoki bizning ham “rashkimiz”ga uning shunday tarixiy baxtga musharraf bo‘lgani. Nega biz emas?!...

To‘g‘ri, kurash bo‘yicha musobaqalar o‘sha ota-bobolarimiz davrida, qisman sizu biz yashagan olvonli sovetcha paytlarda ham musobaqalar bo‘lardi. G‘oliblar aniqlanardi. Ammo, lekin, biroq... tatami yoki “kavyor”(gilam)dagi “olishuv”larning tartibiyu baholanishi “hushtak”lar bilan boshqarilardi. Alam qilardi. Xudo rahmat qilgur amakilarim “kavyor” alamini to‘y sayllarda “Qachon kurashda halolik, qoida bo‘larkan”, deya avval bir-biridan, keyin bizdan olardi. Yelkamiz yag‘ir bo‘lib chim maydonning tuprog‘ini “yalagan” kunlarimiz ko‘p va xo‘p bo‘lgan. Endi bu tarix.

Endi kurashning qonun-qoidasi bor. Xo‘ shu, ola-tasir davrlarning changiyu g‘uborini yutib katta bo‘lgan polvon, Qashqayu Surxon, Samarqandu Buxoro to‘ylariga xovur kiritgan “kichkina qoracha”ning(to‘ylardagi nomi) erta bir kun dunyo yakkakurash sport tarixida bugun Xarlampiyevu Kanalar qatoridan joy olgani kimlargadir erish tuyular balki... Shukurki polvonlik a’malini qalban his etganlarga emas.

Bildingiz, gap kim haqida ketayotganligini. KOMIL YUSUPOV haqida. Bobomeros qadriyatimiz Kurashning zamoniviy sport qoidalarini yaratgan inson xususida.

Bugun Komil Yusupovning tug‘ilgan kuni. Payg‘ambar yoshi. Dunyoga O‘zbekning kurashini sport turi sifatida olib chiqishga bosh-qosh bo‘lgan, uning zamonaviy sport terminalogiyasini yaratgan INSONNING to‘g‘ilgan kuni. U mening qarindoshim yoki amakimning do‘sti, tog‘amning jiyani emas. Oddiy ma’noda ustozim. Yaratganning hohish irodasi bilan shogirdlik martabasiga erishishga muyassar bo‘lganmiz.

Aslida Komil Yusupovning ming-minglab shogirdlari dunyoga O‘zbek sporti kurash bayrog‘ini ko‘targan holda tarqab ketgan. Ular orasida yuzlab millatu elat vakillarini uchratishingiz mumkin. Ular ustozlari timosolida kurashni, O‘zbekistonni dunyoga targ‘ib etib kelishmoqda. Shu ma’noda, USTOZ tom manoda millatimiz, davlatchiligimiz, milliy qadriyatlarimiz, O‘ZLIGIMIZning milliy targ‘ibotchisidir.

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi davrida mamlakatimizning minglab fidoyi insonlari, o‘z sohasining bilimdonlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. E’tirof etildi. Bu yaxshi. Ular qatori Komil Yusupov ham mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Ammo, Komil Yusupovning o‘sha mukofotlardan ham ulug‘ mukofoti bor: Bu, bobome’ros kurashimizning zamonaviy qoidalarini ishlab chiqib, uni zamonaviy sport turlari darajasiga chiqarishi ortidan xalqimiz bergan oddiy, lekin ulug‘vor mukofot “Kurash fidoyisi”, unvonidir.

E’tibor berganmisiz jahonda, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan sport turlari bo‘yicha musobaqalarga. Har birinining o‘z qoidasi, libosi va albatta terminalogiyasi bor. Bu qonun-qoidalar qaysidir millat vakillari, jamoalari tomonidan ishlab chiqilgan. Kurash qonun-qoidalari, uning xalqaro terminalogiyasini esa sizu bizning zamondoshimiz, kurashimiz bilimdoni Komil Yusupov ishlab chiqqan va tatbiq etgan.

Bugun (1992 yildan beri) nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida o‘tkazilayotgan kurash sport turi musobaqalari aynan Komil Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro kurash qoidalari va kurash formasi(O‘zbekiston bayrog‘idan andoza olingan yaktak ranglari)da o‘tkazilayotganligi barchamizga kundek ravshan. Aynan ushbu kurash qoidalarida ming-minglab dunyo yoshlari mamlakat, jahon va Osiyo o‘yinlari chempionligiga erishmoqda. Xususan O‘zbekistonda ham. Shuning o‘zi bir vatandoshimiz timsolida dunyodagi intellektual salohiyatimizning yuksakligidan dalolat emasmi?!

Odamlarni yaxshilik sari boshlaydigan birgina harakat million marta qilingan toat-ibodatdan avzalroqdir, deya lutf etgan edi ulug‘ allomalarimizdan biri. Shu ma’noda, Komil Yusupov O‘zbek sporti kurashning zamonaviy sport qonun-qoidalarini yaratib, uni jahon sporti sifatida e’tirof etilishiga munosib xizmat qilgan INSON. Jahonning ming-minglab yoshlarini kurash harakati bilan birlashtira olgan zahmatkash murabbiy hisoblanadi Komil Yusupov.

Ustoz, xalqimiz va mamlakatimiz oldidagi xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin.

Kurashimizning sport maydonlarida mardonavorlik ko‘rsatayotganligi barchamizga abadul-abad g‘urur bag‘ishlab turaversin, ilohim.

To‘lqin RO‘ZIEV

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurash fidoyisi muborak yoshni qarshiladi