Milliy sportimiz kurashning xalqaro maydonda ommalashishida, dunyoning turli mamlakatlarida nufuzli musobaqa va chempionatlar o‘tkazilishida kurash qonun-qoidalarini mukammal biladigan hakamlarning o‘rni beqiyos.

Davlatimiz rahbarining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ta’kidlanganidek, kurashni ommalashtirish, uning jahon sporti durdonasiga aylanishiga va Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishiga erishishda hakam va mutaxassislar muhim o‘rin egallaydi.  

Shu maqsadda yaqinda, ya’ni joriy yilning 23-29 noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobodda kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan XIV jahon chempionatida g‘olib va sovrindor sportchilar aniqlanishi bilan birga, kurash bo‘yicha hakam va murabbiylar uchun xalqaro seminar va imtihonlar ham tashkil etildi.  

Chempionat davomida Kurash xalqaro instituti mutaxassislari tomonidan hakamlar uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.  

O‘zbekistonlik hamda xalqaro tajribaga ega kurash mutaxassislari ishtirokida o‘tgan seminarlar natijasida 20 nafar kurash hakami chempionat bahslarida bevosita ishtirok etdi.  

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi hakamlar qo‘mitasi, texnik qo‘mita hamda Xalqaro kurash instituti mutaxassislari boshchiligida murabbiy va hakamlar test va amaliy imtihonlardan o‘tkazildi.  

Imtihonlar yakuniga ko‘ra, yuqori baho olgan 14 nafar kurash hakami 2-3 yulduzli reytingga sazovor bo‘lgani kuni kecha Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilindi.  

Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassislar tegishli darajadagi sertifikatlarga ega bo‘ldi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurash bo‘yicha xalqaro darajadagi hakamlar soni ortmoqda