“Kundalik” uchun yillik obuna to‘lovi 2022-2023 o‘quv yilida 8000 so‘mga tushiriladi, foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun ikkita paket taqdim etiladi: Kundalik va PRO Kundalik.

Kundalik narxi 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab yiliga 8000  so‘m etib belgilandi. Mazkur summa uchun www.kundalik.com veb-saytida elektron kundalik bilan ishlash yoki Kundalik.Family mobil ilovasi orqali uning kengaytirilgan funksiyalaridan foydalanmasdan axborot xabarlarini olish mumkin. Shu bilan birga, Kundalik uchun har bir bolaga alohida to‘lov amalga oshiriladi.

PRO Kundalik talqini narxi yiliga 40 000 so‘m bo‘ladi. Mazkur summaga saytdagi elektron kundalikdan foydalanish hamda Kundalik.Family mobil ilovasining kengaytirilgan funksiyalari kiradi. PRO Kundalik obunasi uchun to‘lov amalga oshirilganda oilaviy foydalanish rejimi yoqiladi: maktab hayoti haqida batafsil ma’lumot olishni xohlovchi barcha qarindoshlar hamda maktab o‘quvchilari Kundalik.Family ilovasidan cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, siz PRO Kundalik paketini bir oyga “PlayMarket” yoki “AppStore”da 0,49 AQSH dollari evaziga xarid qilishingiz mumkin. Bunda foydalanuvchi ilovaning veb-talqini va kengaytirilgan variantlariga kirish huquqiga ega bo‘ladi.

Ma’lum qilishlaricha, ilova va saytdagi obuna narxi “PlayMarket” va “AppStore”da valyuta kursining konvertatsiyasi tufayli biroz farq qilishi mumkin. “PlayMarket” va “AppStore”ga faqat “VISA” yoki “MasterCard”dan foydalanib, telefoningiz sozlamalariga mos keladigan valyutada obunani rasmiylashtirish mumkin. Muqobil to‘lov usullari www.kundalik.com saytida mavjud. Hozirda obuna uchun to‘lovni Davr Bank, Click yoki Payme to‘lov tizimlari orqali, shuningdek Davr mobile, Click Evolution, Payme mobil ilovalarida Kundalik ID dan foydalangan holda to‘lash mumkin.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kundalik”da yangi to‘lov usullari va tarif paketlari ishga tushirildi