Adliya organlari tomonidan joriy yilda 370 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Shundan 40 mingdan ortig‘i ommaviy axborot vositalari orqali aholiga yetkazildi. 92 mingga yaqin ma’lumotlar veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilindi.

223 mingdan ortiq seminar va manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi hamda 15 mingga yaqin ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Bu Adliya vazirligi mas’ullari ishtirokida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida qilinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etildi.

Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Furqat Tojiyev huquqiy axborotlarni yetkazish raqamlashtirilganini ta’kidladi. Barcha qonunchilik hujjatlarini Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarga, mahallalarga yetkazish yo‘lga qo‘yildi.

Yagona axborot tizimi orqali barcha davlat organlari va tashkilotlariga 288 normativ-huquqiy hujjat matnlari hamda 9 ming 455 mahallaga 124 qonunchilik hujjati va ular bo‘yicha huquqiy targ‘ibot materiallari to‘plami yetkazib berildi.

Mahallalarda 8 mingdan ziyod “Huquqiy targ‘ibot kuni” o‘tkazildi. 219 mingga yaqin huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi, qariyb 225 ming targ‘ibot materiallari tarqatildi.

“Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida yoshlar bilan 13,5 mingdan ziyod huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida maktab, litsey va texnikumlarda seminar-treninglar o‘tkazildi.

Aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan 5 ta huquqiy aksiya o‘tkazildi. Joriy yil 18 sentyabrda “2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan 95 banddan iborat dastur tasdiqlandi. Unda shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish kabi yo‘nalishlar qamrab olindi.

Dastur ijrosi doirasida kelgusida o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi o‘tkaziladi.

Maktablarda “Huquq olamiga sayohat” o‘quv dasturlari joriy etiladi. Maktablarda zamonaviy ko‘rgazmali o‘qitish vositalari bilan ta’minlangan “Huquq sinflari” bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Davlat xizmatchilari o‘rtasida “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi. Chekka va olis hududlarda yashovchi xotin-qizlar uchun “Ayollarga huquqiy madad” qo‘llanmasi bepul tarqatiladi. An’anaviy umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi. Aholining barcha qatlamlari uchun mo‘ljallangan, kundalik hayotda eng zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni mustaqil o‘rgatish bo‘yicha mobil ilova yaratiladi.

Advice.uz” huquqiy axborot portalidan 24/7 rejimida foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida portalga sun’iy intellekt tizimini joriy etish choralari ko‘riladi.

“Davlat va huquq asoslari” fanidan elektron resurslar, jumladan, elektron darsliklar, o‘quv-metodik majmualar, videodarslarni tayyorlash va ulardan masofaviy ta’lim jarayonida samarali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kundalik hayotda eng zarur bo‘lgan huquqiy bilimlarni mustaqil o‘rgatish bo‘yicha mobil ilova yaratiladi