ONLAYN.

Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisi davom etmoqda.

Kun tartibidagi navbatdagi masala “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun bo‘ldi.

Qonunning qabul qilinishi, valyutani tartibga solish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligini ta’minlash, rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining noqonuniy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik, valyutani tartibga solish va nazorat qilish tizimining birligi, O‘zbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda bozor mexanizmlariga asoslanish kabi iqtisodiyotdagi dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan.

Amaldagi qonundagi ba’zi havolaki normalar va o‘zining dolzarbligini yo‘qotgan ayrim me’yorlar chiqarib tashlangan, Qonun tubdan qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirilgan, yangi moddalar bilan to‘ldirilgan.

Mazkur qonun 5 ta bob va 32 ta moddadan tashkil topgan.

Valyutani tartibga solish hamda nazorat qilish tizimining yagonaligi, davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi, rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi kabi me’yorlar qonunning asosiy prinsiplari etib belgilangan.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyutani tartibga soluvchi davlat organi sifatidagi vakolati kuchaytirilgan. Jumladan Markaziy bankka mamlakat hududida va uning tashqarisida o‘z vakolati doirasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqi bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida hamda uning tashqarisida barcha turdagi valyuta operatsiyalarini amalga oshirishi huquqi ham berilmoqda.

Shu bilan birga Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalanish,chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini belgilashda chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif asosida aniqlash uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutilgan.

Valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun Markaziy bankning valyuta kursini muntazam ravishda belgilab borishi ham qonunda qayd etilgan.

Xorijiy investorlarga imkoniyat yaratish maqsadida qonun tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish bo‘yicha yangi modda bilan to‘ldirilmoqda.

Qonunning 19-22-moddalarida O‘zbekiston Respublikasi banklarining valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdagi huquq va majburiyatlari, jinoiy faoliyatdan olingan yoki uni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar, Xalqaro valyuta jamg‘armasi Kelishuv moddalari doirasidagi majburiyatlarga rioya qilgan holda, to‘lov balansi barqarorligiga tahdid mavjud bo‘lganda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga cheklovlar o‘rnatish bo‘yicha Markaziy bankning huquqlari va mamlakatimizga pul mablag‘larini olib kirish, olib chiqish tartibi ham belgilangan.

Bunda, xalqaro tajribadan kelib chiqib va jismoniy shaxslarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shuningdek mamlakatimiz milliy valyutasining mavqeini mustahkamlash maqsadida olib chiqiladigan pul mablag‘lari miqdori yuz million so‘m ekvivaletidan oshmagan summadagi milliy valyutada o‘rnatilishi nazarda tutilgan.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kun tartibida “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun