Vatanimiz tarixidagi 11 oktyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1866 yil (bundan 158 yil oldin) – Rossiya imperiyasi qo‘shini general Krijanovskiy boshchiligida Jizzax qamaliga kirishdi. Shaharga boradigan suv yo‘llari berkitilib, Jizzax qamali bir hafta davom etdi. Shahar mudofaachilari, vatanparvar kuchlar shaharni astoydil himoya qildilar. Rus manbalarining ta’kidlashicha, ruslar hech qayerda bunday qattiq qarshilikka duch kelmagan edilar. Qamalning har kuni qaqshatqich kurashda o‘tdi. Shahar mudofaachilarining sabr-qanoati, jasoratiga rus harbiylari ham tan berganlar. Biroq mudofaachilar mag‘lub bo‘ldilar.

1886 yil (bundan 138 yil oldin) – Samarqand va Farg‘ona viloyatlarining gerbini tasdiqlash uchun Turkiston general-gubernatori Rossiya imperiyasi harbiy vaziriga iltimosnoma yubordi. Tadqiqotchi Jamshid Adilovning yozishicha, bunga javoban 1886 yil 24 noyabrda Harbiy vazirlikning Bosh shtabi boshlig‘i va Osiyo departamenti mudiri oliy darajada tasdiqlash uchun o‘lka general-gubernatoridan viloyatlar gerblari loyihalarini (tasviri bilan) yuborishni so‘radi. Arxiv hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, keyinchalik bu harakatlar Rossiya imperiyasi Senati huzuridagi geroldmeyster zimmasiga o‘tkazildi.

1906 yil (bundan 118 yil oldin) – Maxmudxo‘ja Behbudiy “Xurshid” gazetasida bosilgan “Xayrul umuri avsatuho” (“Ishlarning yaxshisi o‘rtachasidur”) nomli maqolasida sotsialistik ta’limotni va uni Rossiyada amalga oshirishga uringan bolsheviklar partiyasini keskin qoralab chiqdi. 

1919 yil (bundan 105 yil oldin) – Toshkentdagi tovar stansiyasi hovlisida Turkiston o‘lkasidagi birinchi shanbalik o‘tkazildi. Oradan bir hafta o‘tgandan keyin ikkinchi shanbalik bo‘lib o‘tdi. Unda 500 ga yaqin kishi ishtirok etdi. Toshkentdagi shanbalikni o‘tkazishga shahar partiya qo‘mitasi rahbarlik qildi, uning huzurida maxsus «shanbaliklar byurosi» ta’sis etilgan edi.

1932 yil (bundan 92 yil oldin) – O‘zbekistondagi barcha ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston CCP Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzurida Fan qo‘mitasi tashkil etildi. 

1938 yil (bundan 86 yil oldin) – havo hujumidan mudofaa ishiga jamoatchilik ko‘magini tashkil etish maqsadida O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) rektori raisligida Havo hujumidan mudofaaga ko‘maklashish kengashi tuzildi.

1956 yil (bundan 68 yil oldin) – Toshkentda O‘zbekiston ziyolilari birinchi s’ezdining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. S’ezdda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Nuriddin Muhiddinov tarixiy nutq so‘zladi. O‘sha kunlarda bosilgan «Qizil O‘zbekiston» gazetasida berilgan nutq matnida qayd etilishicha, jumladan, Nuriddin Muhiddinov Abdulla Qodiriyning oqlanishi haqida quyidagicha fikr bildirdi: 

“O‘rtoqlar, o‘zingiz ayting, Navoiy asarlaridan so‘ng to shu davrga qadar Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlari kabi qo‘lma-qo‘l bo‘lib kelgan biron kitob bormi? Abdulla Qodiriy – Julqunboy kabi mashhur o‘zbek yozuvchisining jinoyatchi bo‘lganligiga ishonish qiyin! Abdulla Qodiriy – Julqunboyni oqlash va uning asarlarini qaytadan nashr etish kerak...»

1966 yil (bundan 58 yil oldin) – O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining “Sergeliga ko‘chib o‘tish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Sergelini qurish loyiha-smetasi 48 million rublni tashkil etdi. Qurilish ishlari 1966 yil noyabr oyidan boshlanib, 1967 yil boshigacha Sergeli tumanida 150 ming metr kvadrat uy-joy qurib bitkazildi. Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish uchun olib borilgan bunyodkorlik ishlari yangi bir yo‘ldosh shahar – Sergeli paydo bo‘lishiga zamin bo‘ldi.

1982 yil (bundan 42 yil oldin) – Toshkentda Osiyo va Afrika xalqlari birdamligi tashkiloti prezidiumining birinchi majlisi ochildi. Ushbu yig‘ilishda ishtirok etish uchun O‘zbekiston poytaxtiga Osiyo va Afrikaning 64 mamlakati hamda ko‘plab xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi.

1989 yil (bundan 35 yil oldin) – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish haqidagi qonunning yangi loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Mazkur yangi loyiha dastlabki loyihalar muhokama qilingan to‘rt oy davomida komissiyaga kelib tushgan, jami 150 mingdan ortiq kishi imzo chekkan to‘rt mingga yaqin maktublardagi takliflar asosida tayyorlangan edi.

1993 yil (bundan 31 yil oldin) – Moskvada O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida O‘zbekiston bilan Marokko Qirolligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida hujjat imzolandi.

1999 yil (bundan 25 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tojikiston Respublikasida (Dushanbe sh.) O‘zbekiston Respublikasining elchixonasini ochish to‘g‘risida”gi qarori qabl qilindi.

2006 yil (bundan 18 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

2014 yil (bundan 10 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabl qilindi.

2023 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida islohotlarni yanada jadallashtirish va sohaning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kun tarixi: Abdulla Qodiriyni oqlash tashabbusi bilan chiqqan rahbarni bilasizmi?