Samarqandda mnemonika (eslab qolish san’ati) bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston mnemosport federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston va respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 82 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Mazkur sport turi yoshlarning aqliy salohiyatini oshirish, eslab qolish qobiliyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Turnir natijasiga ko‘ra, birinchi o‘rinni jizzaxlik Shoxrux Baxtiyorov elallab, 80 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi. Navoiylik Fayoz Mardonov ikkinchi o‘rin bilan 40 million so‘m va Andijon viloyati vakili Islombek Madaminov uchinchi o‘rin bilan 20 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
G‘. Hasanov,
A. Isroilov (surat), O‘zA