FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanining Mingchinor mahallasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun tashkil etilgan musobaqaning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir sportsevar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni jismoniy faollikka jalb etish maqsadiga qaratildi.
[gallery-23351]
Musobaqada 16–21 yosh hamda 22–30 yosh toifalarida erkaklar va ayollar jamoalari ishtirok etib, o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan bellashuvlar yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning keyingi – hududiy bosqichiga yo‘llanma oldi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA