Kubok kuchlilarga nasib etdi
Poytaxtimizda pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.Pauerlifting hozirgi kunda jadal rivojlanib borayotgan sport turlaridan. Mamlakatimizda ham ushbu sport turi keng ommalashib bormoqda. Buning samarasida sportchilarimiz xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muntazam ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olmoqda.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tashkil etilgan musobaqada 150 nafarga yaqin sportchi 15 vazn toifasida kuch sinashdi.
Ilhom Bo‘riyev, O‘ktam Mamarajabov, Husniddin Bo‘riyev, Yuriy Antonov, Qahramon Shoberdiyev, Yevgeniy Karpalov, Ahror Jabborov, Hamza Primov o‘z vazn toifasida oltin medal bilan taqdirlandi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda Damira Alimbayeva, Gulmira Davronova, Qorako‘z Sultonova, Oksana Rixsitillayeva, Kristina Paraketseva, Xolida Otanazarova, Sultaniye Useinova, Violeta Melnikova, Mahliyo Odiljonova, Malika Boboniyozova, Milena Glazunova, Alesya Lishinskaya, Sabrina Qo‘ldosheva g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.