Kubalik bokschi Vel Barker kubogi sohibi bo‘ldi
Serbiyada yakuniga yetgan jahon chempionatida AIBA tomonidan eng kuchli texnikaga ega bokschi nomi e’lon qilindi.
Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisiga topshiriladigan Vel Barker kubogi bu safar kubalik Endi Krus Gomesga berildi.
Eslatib o‘tamiz, Rio olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov 2016 yilda mazkur kubok sohibi bo‘lgan edi.
O‘zA