Kubada so‘nggi 150 yildagi eng kuchli zilzila yuz berdi. U Meksika va Floridada ham sezildi
AQSH Xitoyning yirik texnologik kompaniyalari, jumladan Alibaba va BYDni Pekin armiyasiga ko‘maklashishda ayblab, yangi cheklovlar ro‘yxatiga kiritdi. Shu bilan birga, Fransiya va Germaniya 116 milliard dollarlik kelajak avlod qiruvchi samolyot loyihasidan voz kechib, Yevropa mudofaa hamkorligidagi yirik tashabbusni to‘xtatdi. Livan prezidenti esa Isroilni urushni to‘xtatib, muzokaralar stoliga o‘tirishga chaqirdi.
Tabiiy ofatlar ham global kun tartibidan o‘rin oldi: Kuba qirg‘oqlarida so‘nggi 150 yildagi eng kuchli zilzila qayd etilib, silkinish Meksika va AQSHning Florida shtatigacha sezildi. Afg‘onistonda esa davlat amaldorlariga smartfonlardan foydalanish taqiqlandi, bu qaror mamlakat ichida nazorat choralarining yanada kuchayganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Hurmuz bo‘g‘ozi yaqinida AQSH Apache vertolyoti halokatga uchragani, ekipaj omon qolgani ma’lum qilindi. Global miqyosdagi bu voqealar xalqaro siyosat, xavfsizlik va tabiiy jarayonlar bir vaqtning o‘zida keskin faollashganini anglatadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Xp3WLO9fdq0" title="Kubada so‘nggi 150 yildagi eng kuchli zilzila yuz berdi. U Meksika va Floridada ham sezildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimbek Mardonov, Salim Obidjonov O‘zA