O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelgan murojaatlarning asosiy qismi uy yoki avtomobil olish chog‘ida firibgarlar qo‘liga tushib qolgan yoki “moliyaviy piramida“ qurboni bo‘lgan iste’molchilarga tegishli.

Oddiy qilib aytganda, uyli bo‘lish yoki avtomobil olish uchun oson yo‘l qidirgan. Tan olib aytishimiz kerakki, inson qancha manfaatlari va imkoniyatlari torayib borsa, qonun-qoidani buzishga majbur bo‘ladi. Bugungi kunda oylikka yashaydigan aholining katta qismi “Iste’mol kredit”larini olish uchun biroz qiynaladi. Sababi oddiy.

M.Temirov, Andijon viloyati: – Farg‘ona shahridagi “Umid savdo fayz invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan 2018 yilda shartnoma tuzib, DAMAS 3 DLX avtomashinasini buyurtma qildim, shartnomaga binoan MChJ hisob raqamiga 31 250 000 so‘m boshlang‘ich to‘lov amalga oshirdim, ammo kelishilgan muddat ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, shartnoma shartlariga muvofiq menga mashina yetkazilib berilmadi. Aslida ishonchli “Avtokredit”ning foizi ko‘p bo‘lganligi uchun “Umid” avtolizingdan olmoqchi edim.

Birinchidan bu turdagi ishonchli kreditlarni olish uchun iste’molchida ma’lum miqdorda boshlang‘ich to‘lov uchun pul bo‘lishi kerak. Odatda ko‘chmas mulk yoki avtomobil uchun 25 % to‘lov qilish lozim. Ammo oilasidan, bola-chaqasi, to‘y-marosimlaridan orttirib hech kim buncha pul yig‘a olmaydi.

Ikkinchidan, bu turdagi kreditlarning foizi ancha baland bo‘lishi bor gap. Masalan, bugungi kunda avtomobil olish uchun kamida 25 % ustiga qo‘yiladi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda nega iqtisodiy o‘sish yuqori, chunki ularda birinchi navbatda iqtisodiy islohotlar aholi turmush darajasini yaxshilash va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun sarflanadi.

Ya’ni mashina yoki uyni kreditga olish u darajada muammo emas. Masalan, buni Qozog‘iston misolida ko‘raylik. Mamlakatda avtoulovlarning xohlagan turini uchratishimiz mumkin, shuningdek, avtokreditlar olish uchun ham juda ko‘p hujjat so‘ralmaydi. Oddiygina olti oylik ish haqingiz to‘g‘risida ma’lumotnoma va pasport nusxasi.

Biz bu hujjatlar bilan kreditga hattoki oddiy qo‘l telefonini ham ololmaymiz. Shuni alohida aytish lozim foiz stavkasi istagan avtoulovingizga 7 % (Bizda imtiyozli beriladigan kreditlar ham kamida 15 %).

Uchinchidan, bu turdagi kreditlarga so‘raladigan hujjatlar ham iste’molchini ancha sarson-sargardon qiladi. Buni avtokredit olganlar yaxshi tushunadi.

Mahalla va ishxonadan ma’lumotnoma-yu, kafil bo‘layotgan insonning butun boshli bosib o‘tgan yo‘li to‘g‘risida ma’lumotnoma. Kamida o‘ntadan ortiq hujjat so‘raladi. Bu hujjat yig‘ish uchun ham bir oy vaqt ketadi. 

To‘rtinchidan, aholimizda kredit olish madaniyati kamligi. Kredit desa, odatda yetti avlodimizgacha, boshdan-oyoq qarz tushuniladi. Ochiqchasiga aytsak, kredit olishdan qo‘rqamiz. Chunki o‘ylaymizki kredit olish, bu –mashmasha.

Bunga ijtimoiy tarmoqlar orqali kredit olib, ishi yurishmay, bor narsasini ham boy berayotgan yurtdoshlarimizni ko‘p kuzatayotganimiz uchundir balki.

Biz birinchidan nega qo‘rqamiz?! Kreditni qaytara olmaslikdan! Kredit qaytarish tartibini bank xodimlari aniq-tiniq qilib ko‘rsatsa-da, ammo ba’zida moliyaviy muammolarimiz tufayli amal qilmaymiz. Ya’ni o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz kam.

Rivojlanayotgan yoki rivojlangan davlatlarda yashayotganlarning barchasi ham shaxsiy uyi yoki mashinasiga ega emas. Masalan, Amerika iqtisodiyoti kreditlar orqasidan ko‘tarilgan. Aholi 60 % foiz ko‘chmas mulk va shaxsiy avtoulovlarini kreditlar hisobidan olingan. Bunga sabab mamlakatda kredit olish birmuncha qulayligi va arzonligida.

Bobur Rasulev, tadbirkor: – Avtomashina yoki ko‘chmas mulkni kreditga olish tadbirkor sifatida aytishim mumkin juda qiyin. Chunki kreditning o‘zini emas, balki foizlarining o‘zi katta summada.

O‘ylab ko‘ring, aholiga qulayroq kredit olish imkoniyatlari yaratilganida, ular bajonidil olishardi. Bu iqtisodimizga ham foyda. Chunki birinchidan kreditni qaytarish uchun olgan shaxs mehnat qiladi, qarzdorlikdan xolos bo‘lish maqsadida tinib-tinchimaydi. Bu esa o‘z-o‘zidan boqimandalikni yo‘qotadi. Imkoniyatlar kengayadi. Lekin muammoning ikkinchi tarafi borki, u aholining kredit olish madaniyatining pastligida. Negaki, kredit deganda “s
og‘ boshimizga savdo sotib” olishdek tuyiladi.

Biz hammamiz kundalik hayotimizda iste’molchimiz. Iste’molchi sifatida haq-huquqlarimiz va majburiyatlarimiz ham bor. Bugungi kunda taraqqiyotga intilgan har bir davlat kuchi fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga ustuvor vazifa sifatida qaramoqda. 

Bu jarayon tabiiyki inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatdor muvozanatini ta’minlashda muhim o‘rin tutuvchi omildir. 

Ayjamal JOLDASBAEVA,
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya
qilish jamiyatlari federatsiyasi yetakchi mutaxassisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kredit – sog‘ boshga sotib olingan savdomi yoxud yuqori foizlar va hujjatlashtirishdagi mashmashalar