Kreativ g‘oyalar mualliflari rag‘batlantirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahar hokimligi tomonidan IT-yo‘nalishiga oid startap-g‘oyalar, muammolarga axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda yechim topish hamda kreativ g‘oyalarni aniqlash bo‘yicha tashkil etilgan “IDEATHON 2023” tanlovi ishtirokchilari va g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-14848]
Mazkur tanlovda 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 100 dan ortiq kreativ g‘oyalari bilan qatnashdi. Ulardan 9 nafari g‘olib bo‘ldi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida shahar hokimi G‘. Jamolov, viloyat hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi B. Oxunboboyev, Raqamli texnologiyalar vazirligi vakili U. Otajonov hamda viloyat hududiy sho‘’basi boshlig‘i R. Xolmatov ishtirok etdi.
G‘olib ishtirokchilar shahar hokimligi tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA