Xitoydan xabarlar

Tasviriy san’at voqelikni badiiy bo‘yoqlarda aks ettiradi. U tasvirdagi insonlar harakati, yuz tuzilishi, ko‘zlardagi holat, atrof manzarasi kabi birliklarni mujassam etar ekan, inson va tabiat degan abadiy borliqni uyg‘unlashtiradi.

Biz ichki tuyg‘ulardan hayrat yasagan ko‘plab rassomlarni bilamiz. Ammo xitoylik Yan Yaya butunlay boshqa olam, yangicha qarash, o‘ziga xos mezon, ranglarning kutilmagan mushtarakligi... va nihoyat “tirik” siymo hamda undagi sirli ko‘zlar muallifi.

Shinjonning Urumchi shahrida ayni choqda mo‘yqalam ustasi ijodidan ayrim namunalar namoyish etilmoqda.

Yan Yaya 1964 yilda Sian shahrida tug‘ilgan. Uning yoshlik chog‘ida chizgan birinchi rangtasvirlariyoq tasviriy san’at olamiga yangi yorqin yulduz kirib kelganidan darak bergan edi.

Biz ulug‘ rassomning tarjimai holi yoki ijodini tahlil qilmoqchi emasmiz. Zero, buning uchun yetuk bilim va imkon lozim.

Yan Yaya dunyo moybo‘yoq san’atidagi portret janriga mutlaqo yangicha ruh, uslub, ma’no olib kirdi. U realist rassom. Borliqni o‘shandayin tasvirlay oladigan zamondoshlaridan kamida bir qadam oldinda. Xitoy-Tojikiston chegarasida Shinjonning Toshqo‘rg‘on qishlog‘i bor. Bu yerda, 4200 metr balandlikda avlodlar asrlar davomida yashab keladi. Ularga zamon taraqqiyoti to‘liq yetib bormagan. Pomir tog‘ining cho‘rtkesar, qaysar, shu bilan birga mehmondo‘st va mehribon xalqi go‘yo o‘zga dunyoda yashaydi. Ularning kiyim-boshi, urf-odati, turmush tarzi,boringki, muomala va madaniyati ham o‘zgacha. Rassom bu o‘ziga xoslikni qahramonlari ko‘ziga jo qila oldi. Ko‘z birinchi qatorga chiqarilib, siymoning ichki dunyosini birgina nigoh, qarash orqali ifoda qila oldi.

E’tiboringizga buyuk mo‘yqalam ustasi, atoqli rassom Yan Yaya chizgan bugun Shinjon ko‘rgazmasida namoyish etilayotgan bir necha asarlarni havola etdik. Zero, siz ham abadiy muzliklarga tutash qishloqdagi pomirliklar dunyosiga nazar soling. Unutmang, ular shu zamonning odamlari.

Muhammadjon Obidov,

O‘zA

Shinjon.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘zlardagi olam