Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda mamlakatimizda aholining turmush farovonligini yuksaltirish, hayotlaridan rozi bo‘lib yashashlarini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning og‘irini yengil qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish, yashash sharoitlarini, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada Andijon viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi jamoasi tomonidan olib borilayotgan ibratli ishlar alohida e’tirofga sazovor. Bugungi kunda viloyatda 10 ming nafarga yaqin ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi insonlar istiqomat qiladi. Viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi tomonidan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kitob o‘qishlari uchun qulay sharoitlar yaratish borasida zarur ishlar olib borilmoqda.  

– Avval nurab ketgan, bir qavatli, zarur shart-sharoitlari bo‘lmagan eski binoda ish olib borar edik, – deydi viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi direktori o‘rinbosari Hulkaroy Qodirova. – Yaqinda to‘rt qavatli, zamonaviy, barcha qulaylik va sharoitlarga ega yangi binoga ko‘chib o‘tdik. Bu nafaqat ishchi-xodimlar, balki kitobxonlarimiz uchun ham juda katta qulaylik yaratdi. Xizmat ko‘rsatish sifati tubdan yaxshilandi.  

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 sentyabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida 8 milliard 286 million so‘m  mablag‘ sarflanib barpo etilgan zamonaviy binoda barcha sharoitlar yaratilgan. Qariyb bir gektar hududni egallagan yangi bino Andijon shahridagi “Baraka” xususiy qurilish firmasi quruvchilari tomonidan bunyod etildi.  

Viloyat hokimligi, madaniyat va turizm boshqarmasi hamda ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi asosida ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslarni axborot-kutubxonalarga to‘liq qamrab olish uchun viloyatdagi ko‘zi ojiz fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, ularga kutubxona xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.  

Ro‘yxat asosida ko‘zi ojiz nogironligi bor shaxslar yashaydigan 13 ta tuman va shaharda kutubxonaning filiallari tashkil etildi. Ayni kunda 64 nafar xodim va kutubxonachi mutaxassis faoliyat ko‘rsatayotgan viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi hamda uning tuman, shahar bo‘limlari qariyb 58 ming 792 nusxa kitob fondiga ega. Shundan 12 ming 615 nusxasi bo‘rtma nuqtali, brayl yozuvida, 1 ming 300 dan ortiq nusxasi magnit lentasiga yozilgan, 8 ming 200 ga yaqin elektron disk shaklida gapiruvchi, shuningdek, 36 mingdan ortig‘ini bosma adabiyotlar tashkil etadi. Kutubxona kitob jamg‘armasini yangi adabiyotlar bilan to‘ldirish bo‘yicha ham zarur ishlar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda kutubxona fondi yana 60 million so‘mlik yangi adabiyotlar bilan to‘ldiriladi.  

Kutubxonaning kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, kitoblarni jamlash, butlash va qayta ishlash, adabiyotlarni saqlash, tashkiliy-uslubiy bo‘limlari tomonidan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini hamda kutubxonachilarning bilim va malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Barcha sharoitlarga ega kattalar, bolalar uchun alohida o‘quv zallari kitobxonlar ixtiyorida, ularga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati shakllantirilgan. Bundan tashqari, zal gapiruvchi adabiyotlarni eshitish jihozlari bilan ta’minlangan. Kutubxona jamoasi tomonidan turli bayramlar, muhim sanalar munosabati bilan ommaviy tadbirlar, adabiy kechalar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, ko‘rgazmalar o‘tkazib boriladi.  

Umuman, jamoada o‘z ishini yaxshi biladigan, tajribali mutaxassislar ish olib bormoqda. Jumladan, kutubxona direktor O‘rmonjon Nurmatov, turli vazifa va lavozimlarda ish olib borayotgan Nurmuhammad Asqarov, Faridaxon Temirova, Tanzilla Xolboyeva, Oydinoy Rizayeva, Rahmatullo Mirzayev, “Shuhrat” medali sohibasi Shohistaxon Ro‘ziyeva singari xodimlarning faoliyati alohida e’tirofga loyiq. Kutubxonada kitobxonlar klubi tashkil etilgan bo‘lib, klub a’zolari hamda kutubxonachilar hamkorligida muntazam ma’naviy-ma’rifiy, adabiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘zi ojiz foydalanuvchilar o‘rtasida “Eng faol kitobxon”, “Brayl yozuvida tez va ifodali o‘quvchi kitobxon”, “Eng yaxshi kitobxon oila” kabi ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilayotganligi kitobxonlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.  

– Brayl yozuvida kitoblar mutolaa qilib ulkan ma’naviy ozuqa olaman, – deydi Andijon shahri Ishchilar mahallasida yashovchi, 1-guruh nogironi To‘xtaxon Jo‘rayeva. – Kutubxonaga haftada kamida bir kun kelaman. Kutubxona xodimlariga rahmat, so‘ragan adabiyotlarimni topib berishadi, chiroyli xizmat ko‘rsatishadi. Men kabi ko‘zi ojiz insonlarga ko‘rsatilayotgan e’tibordan ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi.  

Korxona, tashkilot, ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonalar ham kitobxonlarga katta qulaylik yaratadi. Ayni kunda viloyat bo‘yicha 75 ta ana shunday ko‘chma kutubxona faoliyat yuritmoqda. Ayniqsa, Andijon shahridagi ko‘zi ojizlar ishlab chiqarish korxonasi, Andijon davlat universiteti hamda Asaka tumanidagi 16- son maxsus maktab-internatda tashkil etilgan ko‘chma kutubxonalarning foydalanuvchilari salmoqlidir.  

Bundan tashqari, kutubxonada kitoblar yetkazib berish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni kutubxonaga kela olmaydigan foydalanuvchilarning yashash joylariga borib, shuningdek, ularning buyurtmasi asosida kitoblar yetkazib beriladi. Jarayonda ularning taklif, fikr-mulohaza va talablari o‘rganiladi. Ana shu asosda xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilashga harakat qilinmoqda.  

Kutubxonaning yangi binosida brayl alifbosida adabiyotlarni ko‘paytirish uchun mini tipografiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, audio kitoblar yaratish maqsadida ovoz yozish studiyasi tashkil etish, internet orqali audio kitoblardan foydalanish tizimini shakllantirish borasida ham ishlar olib borilmoqda. Viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi shahar va tumanlardagi ko‘zi ojizlar kutubxonalari uchun metodik markaz hisoblanadi. Malakali mutaxassislar tomonidan ularga uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.  

Bir so‘z bilan aytganda, kutubxona jamoasining ibratli faoliyati har qancha e’tibor va e’tirofga munosib.  

Faxriddin Ubaydullayev,  

Zuhriddin Umrzoqov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘zi ojizlarga kitoblar buyurtma asosida yetkazib berilmoqda