Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri milliy televideniye orqali bergan bayonotda shanba kuni Kot-d`Ivuarda uyushtirilgan avtoritar o‘zgarishga qarshi norozilik namoyishi chog‘ida 237 kishi hibsga olingan.

"Arab News" yozishicha, olomon yurish boshlanishiga yaqin qo‘l bola ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz purkash vositasidan foydalanishni rejalashtirilgani ma’lum bo‘lgan.

32 million aholi istiqomat qiladigan, fransuz zabon, G‘arbiy Afrikaning eng yirik iqtisodiyoti hisoblangan mazkur davlatda ikki haftadan so‘ng prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. Yil boshida to‘rt yirik muxolifatchi, jumladan sobiq Prezident Loran Gbagbo va "Credit Suisse" kompaniyasi sobiq bosh direktori Tijan Tiam saylov komissiyasi tomonidan saylanish huquqidan mahrum qilingan edi.

2010 yildan beri hokimiyat tepasidagi Prezident Alassan Uattara to‘rtinchi muddatga saylanish niyatini e’lon qilgan. 2016 yil konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarish bilan muddat cheklovi olib tashlangandan so‘ng yuzaga kelgan mazkur holat mamlakatda jiddiy munozara keltirib chiqargan.

Kot-d’Ivuarda saylovlar, an’anaviy ravishda, keskin, zo‘ravon harakatlarga boy tarzda kechadi. Amaldagi yetakchi uchinchi muddatga saylanishi oldidan ham bir necha kishining hayotiga zomin bo‘lgan fojiali voqealar ro‘y bergan edi.

Darvoqe, Afrika qit’asi g‘arbida konstitutsiyaviy muddat chegarasi o‘zgartirilib, yetakchilari hokimiyatda uzoq vaqt qolayotgan mamlakatlar soni ortib boryapti. Uttara esa o‘z qarorini davlatda xavfsizlik bilan bog‘liq hamda iqtisodiy va moliyaviy muammolar kuchaygani samarali boshqaruv uchun tajriba talab qilinishi bilan oqlagan.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kot-d`Ivuarda prezidentlik saylovi oldidan keskinlik kuchaydi