Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida aholi farovonligini yuksaltirish, fuqarolar bandligini ta’minlash, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa, pandemiya sharoitda iqtisodiyot barqarorligini saqlab qolishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kosonsoy tumani hokimi Bahodir Yusupov, tuman hokimining o‘rinbosari – tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Salimjonov hamda Polsha davlatining “Rolbahnk Group” Sp. z o.o. kompaniyasi rahbari Anatoliy Boyko, “Kosonsoy Dry Fruits” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Zafar Boboxonov ishtirokida o‘tkazilgan amaliy muzokaralarda ham ayni shu masalaga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda Kosonsoy tumanida 2021-2023 yillarda mahalliy hamkor “Kosonsoy Dry Fruits” mas’uliyati cheklangan jamiyati va Polshaning “Rolbahnk Group” Sp. z o.o. kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi belgilangan “Agroklaster, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish” loyihasini amalga oshirishni boshlash masalasi muhokama qilindi.  

Xorijiy investorlar bilan tashkil etiladigan qo‘shma korxonada yuzdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kosonsoydagi qo‘shma korxonalar soni yana bittaga ko‘payadi