Kosonsoyda ipak qurti parvarishi boshlandi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida joriy yilda jami 3480 quti ipak qurti parvarishlanadi. Shundan 1050 quti kasanachilar tomonidan, 2430 quti esa fermer xo‘jaliklarida boqiladi. Mavsum yakunida 209 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan.
Tumanning Go‘rmiron mahallasidagi ipak qurtini jonlantirish inkubatoriyasida pillakorlarga ipak qurti urug‘ini tarqatish jarayoni boshlandi.
[gallery-28799]
Ipak qurti parvarishi aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, xotin-qizlar daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois tumanda pillachilikni yanada ommalashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Mamlakatimizda serdaromad tarmoqlardan biri sanalgan pillachilik sohasida kosonsoyliklar bu yil ham yuqori natijalarga erishishni maqsad qilgan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA