Kosmik sohani yorituvçi jurnalistlar uçun media-trening taşkil etildi
“Özbekkosmos” agentligi “School 21” IT-maktabida Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uçun kontent tayyorlaş markazi bilan hamkorlikda jurnalist va blogerlar uçun media-trening ötkazdi.
Trening avvalida iştirokçilarga Özbekistonning kosmik sohadagi faoliyati, “Özbekkosmos” agentligining asosiy yönalişlari, milliy loyihalar va xalqaro hamkorlik haqida maʼlumot berildi. Şu bilan birga, sunʼiy yöldoşlar, orbitalar, raketalar, masofadan zondlaş texnologiyalari hamda kosmik maʼlumotlarni oliş jarayonlari böyiça mutaxassislar tomonidan taqdimotlar qilindi.
— Kosmik soha haqida gap ketganda faqat sunʼiy yöldoş yoki raketa uçirişni tuşunmaslik kerak, — deydi “Özbekkosmos” agentligi matbuot kotibi Akmal Nazarov. — Çunki kosmik bilimlar bugungi kunda qişloq xöjaligidan tortib kadastr, ekologiya va boşqa köplab sohalarda qöllanilmoqda. Uşbu yönalişlarda olib borilayotgan işlarni OAV orqali xalqimizga tuşunarli tarzda yoritiş vazifasi jurnalistlar zimmasiga yuklangan. Şu bois ularni kosmik mutaxassislar bilan teng darajada muloqot qila oliş könikmasini şakllantiriş maqsadida media-trening taşkil etdik. Soha mutaxassislari öz yönalişlari böyiça taqdimotlar ötkazişdi, jurnalistlarni qiziqtirayotgan savollariga oçiq muloqot orqali javoblar berildi.
Şuningdek, media-treningning amaliy qismida kosmik mavzularga bağişlangan intellektual viktorina taşkil etildi. Tört kişidan iborat guruhlarga bölingan iştirokçilar gidravlik raketalarni loyihalaştiriş, yasaş va uçiriş böyiça amaliy maşğulotlarda qatnaşdi. Maşğulotlar davomida ular raketa harakatining asosiy tamoyillarini amaliy tajriba orqali örganiş imkoniyatiga ega böldilar.
— Mazkur tadbirga kelib, sarflagan vaqtimga açinmadim. Çunki trening davomida olgan maʼlumotlarim kosmik sohadagi bilimlarim mustahkamlanişiga turtki böldi, — deydi yoş astrofizik Mirtemir Anorboyev. — Bugungi kunda Özbekistonda kosmik sohadagi maʼlumotlarni yoritiş uçun albatta jurnalist va blogerlarda aniq asoslar, bilimlar bölişi şart. Çunki koinot sirlarini biliş insondan çuqur bilim talab qiladi. Şu sababli bu kabi tadbirlarni ötkaziş muhim deb öylayman.
Mazkur tadbir jurnalist va blogerlarning kosmik soha böyiça ixtisoslaşgan bilimlarini takomillaştiriş, kosmik texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni ommaviy axborot vositalarida keng hamda tuşunarli yoritiş könikmalarini şakllantirişga xizmat qiladi.
[gallery-32609]
Nigora Rahmonova, Nosirjon Haydarov (surat), ÖzA