Mamlakatimizda qishloq va suv xo‘jaligi, ekologiya, telekommunikatsiya, geologiya-qidiruv, kartografiya, meteorologiya, seysmologiya va shaharsozlik sohalari samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda yerni masofadan turib zondlash, yo‘ldosh aloqa, navigatsiya tizimi kabi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalardan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Bu borada “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, sohaga xorijiy investitsiya va ilg‘or texnologiyani jalb qilish, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rganish bo‘yicha tizimli ish olib borilmoqda.

“O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari izchil sheriklikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba va bilim almashish maqsadida dunyoning yetakchi kosmik agentliklar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. 

Masalan, Fransiyaning “Airbus Defence & Space” kompaniyasining kosmik yer usti infratuzilmasi, geoaxborotni qayta ishlash markazi bilan tanishish davomida kompaniyaning tarixi, imkoniyati, joriy holati, xususan, kosmik sohada erishilgan yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida ma’lumot olindi.

- Ushbu majmua “Airbus Defence & Space” kompaniyasining asosiy markazi sifatida yerni masofadan zondlash uchun qo‘llanadigan 6 ta optik va 3 ta radarli sun’iy yo‘ldoshdan iborat turkumni boshqarish stansiyasiga birlashgan, - deydi “O‘zbekkosmos” agentligi Xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sa’dulla Rasulov. - Barcha parvozlar, sun’iy yo‘ldosh orbitalarini boshqarish va suratga olish bilan bog‘liq vazifalar shu joydan belgilanadi va muvofiqlashtiriladi. Dunyoda yer usti stansiyalari ko‘p, barchasi qabul qilish uchun ishlatsdi. Faqat shu stansiyagina sun’iy yo‘ldoshni boshqarish imkoniga ega.

Safar davomida yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlaridan ma’lumot qabul qilish uchun mo‘ljallangan yer usti stansiyasiyasiga ham bordik. Diametri 5,5 metrli majmuani tashqi muhit ta’siridan asrovchi himoya gumbazi mavjud. Yer usti stansiyasi 2300 kilometr radiusni qamrab oladi. Bu o‘z navbatida antenna qamrovi radiusida uchuvchi bir nechta sun’iy yo‘ldoshdan ma’lumot qabul qilish imkonini yaratadi.

Uchrashuv jarayonida sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotni qayta ishlash bo‘yicha segment namoyish etildi. Ma’lumotlar piksel yig‘ish, sozlash, geo-bog‘lash kabi qator ishlov berish bosqichidan o‘tadi. Segment so‘rov bo‘yicha ishlov berilmagan tasvir yoki tayyor ortofoto, relef va hududning raqamli modeli va 3D yer modelini taqdim etishi mumkin. Qabul qilingan ma’lumot tahlil segmentiga o‘tkaziladi. Ushbu markaz qishloq, suv, o‘rmon xo‘jaligi, ekologiya, geologiya, yerdan foydalanish kabi turli sohalardagi muammolarni hal qilish uchun yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini qayta ishlash ko‘nikmasini namoyish etadi. Shuningdek, geofazoviy razvedka uchun yechim ham ko‘rsatildi. Ushbu yechimlar harbiylashtirilgan tuzilma manfaatida yerni masofadan zondlash ma’lumotini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan.

Fransiyaga tashrif davomida delegatsiya vakillari “Airbus Defence & Space”ning sho‘ba korxonasi “Airbus DS GEO Intelligence” kompaniyasi bosh direktori E. Perez bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvda hamkorlikning hozirgi holati muhokama qilindi Samarqand viloyatidagi “GeoFerma” loyihasining amaldagi holati haqida ikki tomon hisoboti tinglandi. Ish rejasi, shuningdek, loyihani respublika miqyosida kengaytirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.

Mezbonlarga O‘zbekiston Respublikasida kosmik texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, jumladan, kosmik monitoring doirasida yerni masofadan zondlash ma’lumotidan foydalanish va davlat kosmik monitoringi dasturini amalga oshirish borasidagi ishlar bilan tanishtirildi. “Airbus DS GEO Intelligence” kompaniyasi tomonidan dastur doirasidagi loyihalarni kosmik suratlar bilan ta’minlashga tayyorlik bildirildi.

Fransiya tomoni taklifi asosida, dastlab, virtual stansiyadan foydalanish orqali yer usti stansiyasini joylashtirish bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazildi. Loyihani amalga oshirish muddati barcha texnik hujjatlarni tasdiqlash, o‘rnatish va ishga tushirish, shuningdek, Agentlik mutaxassislarini o‘qitish muddatini hisobga olgan holda, kamida 2 yilni tashkil etadi. Agentlik qabul qilish stansiyasini kelgusida birgalikda ishlatish imkoniyati orqali xarajatni taqsimlashni taklif qildi.

Shuningdek, amaldagi “Airbus DS GEO Intelligence” kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh turkumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi manfaati uchun Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini yaratish imkoniyati muhokama qilindi. Ushbu mexanizm kompaniyaning O‘zbekiston hududidagi barcha tizimlariga eksklyuziv egalik huquqini va potensial O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshidan “Airbus DS GEO Intelligence” kompaniyasi orqali ma’lumotni birgalikda sotish imkonini beradi.

Mahalliy mutaxassislar malakasi va texnik salohiyatini oshirish muhimligi ta’kidlandi. “Airbus DS GEO Intelligence” kompaniyasi Agentlik xodimlari uchun qisqa kurslar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.  

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Fransiya Oliy aeronavtika va kosmonavtika instituti faoliyati bilan ham tanishdi.

Institut aerokosmik sohaga kadr tayyorlash bo‘yicha asosiy universitet bo‘lib, dunyoda yetakchilardan hisoblanadi. 15 fakultetli institut 1900 talaba, 23 patentga ega, Fransiya Milliy kosmik tadqiqotlar markazi (CNES), “Airbus”, “Thales”, “Ariane Group” kabi kompaniya va tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan.

Uchrashuv davomida “Kosmik xizmatlar va ilovalar” magistratura dasturi bilan tanishildi. Dastur 6 oy akademik ta’lim va 6 oy ilg‘or kosmik kompaniyalardagi amaliyotni qamrab oladi. Dasturda kosmik tizimlar, Yerni masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldoshli aloqa, sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya, kosmik xizmat va ilovalar yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Mazkur magistrlik dasturiga 2022-2023 o‘quv yili uchun o‘zbekistonlik talabalarni yuborish masalasi yuzasidan 5 nafar talaba uchun kvota ajratish, tezkor tanlov o‘tkazish va moliyalashtirish masalasini hal etishga kelishib olindi. Bundan tashqari agentlik xodimlari uchun 1-3 oyli malaka oshirish dasturlarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Agentlik ishchi guruhi tomonidan CNES kosmik markazida joylashgan sun’iy yo‘ldoshlarni yig‘ish va sinovdan o‘tkazish markaziga tashkil etilgan tashrif davomida markazning faoliyati, sun’iy yo‘ldoshlarni yig‘ish, sinovdan o‘tkazish jarayoni bilan tanishildi.

Sa’dulla Rasulovning ta’kidlashicha, sun’iy yo‘ldoshlarni yig‘ish juda qiyin vazifa bo‘lib, buning uchun maxsus xonalar talab qilinadi. Xonalar maxsus belgilangan 22,2o S haroratda havo filtratsiyasida saqlanadi. Sun’iy yo‘ldoshlar o‘z vazifasi va hajmiga qarab kosmik fazoga uchirishdan oldin markazda 4 oydan 1 yilgacha muddatda sinov-tekshiruvdan o‘tkaziladi. Sinov-tekshiruv jarayoni sun’iy yo‘ldoshlar tizimi o‘rtasidagi elektromagnit moslashuvni tekshirish, termal, vakuum va tebranish mashqlarini o‘z ichiga oladi.

Bir so‘z bilan aytganda, fazo ilmini, kosmik sohani takomillashtirishga qaratilgan ushbu sa’y-harakatlar yerlarni  masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldosh imkoniyatidan keng foydalangan holda kosmik tadqiqot olib borishga keng yo‘l ochadi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kosmik sohani rivojlantirishda Fransiya bilan hamkorlik