Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami kuni Andijon shahridagi yangi texnologiyalar bilan jihozlangan “Qurilish materiallari ishlab chiqarish kombinati” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida qayta boshladi.

Korxona ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olgan Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatda ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini, jumladan, mustaqillik bayrami munosabati bilan 146 ta ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish loyihasi ishga tushirilganligini ta’kidlab, barchani mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. 

Qariyb oltmish yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan ushbu korxonada qurilish, uy-joy, avtoyo‘l va obodonlashtirish ob’ektlari uchun “Beton № 1” brendi asosida 26 turdagi beton mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Korxonada mahalliy va turk texnologiyalari asosida yiliga 150-200 ming kub metr beton mahsulotlari tayyorlanib, viloyatdagi qurilishlar – barpo etilayotgan ob’ektlar beton mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib, korxonada tayyorlanayotgan temir-beton ustunlar, turli hajmdagi beton plitalar, lotoklar va boshqa mahsulotlarga talab kundan-kunga ortib bormoqda.

–Korxonamizga xorijda ishlab chiqarilgan mahsulot sifati va belgilangan standartlarga mosligini tekshiradigan o‘lchov texnologiyalari olib kelib o‘rnatildi, – deydi korxona rahbari Madaminjon Sodiqov.

 – Endilikda mahsulotlarimiz sifat va hajm o‘lchovi bo‘yicha xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqariladi. Bu o‘z navbatida qurilishlarni yanada sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini kengaytiradi. 

Ayni kunda korxonada 100 nafardan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda, ularning samarali ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Umuman, korxonada erishilayotgan muvaffaqiyatlarda mehnatni tashkil etishda ilg‘or ish uslublarini qo‘llash, ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish muhim omil bo‘lmoqda. 

F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonaning sifatli mahsulotlariga talab ortmoqda