Korxonalarga 157,1 milliard so‘m QQS qaytarib berildi
Buxoro viloyati DSB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, viloyat davlat soliq boshqarmasiga 9 oy mobaynida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish bo‘yicha 2 ming 920 ta korxonadan 415,1 milliard so‘mlik (shundan joriy yil davomida 532 ta eksportyordan 147,1 mlrd.so‘mlik) arizalar kelib tushgan.
Shundan 627 ta korxonaning hisob raqamiga 157,1 milliard so‘m (shundan joriy yil davomida 227 tasi 53,8 mlrd. so‘m eksportyor) mablag‘ qaytarib berilgan.
QQS soliq to‘lovchilariga bevosita yordam berib, ularning hisobotlarini to‘g‘irlashga ko‘mak berilishi natijasida qo‘shimcha soliq bazasi yaratildi. Soliq to‘lovchilar tomonidan byudjetga 160 milliard so‘m soliq to‘lovlari to‘lab berilgan.
Zarif Komilov, O‘zA