Bugungi kunda suv havzalariga turli korxonalar tomonidan zararli oqova suvlarni oqizish va suvlarni ifloslantirish holatlari tez-tez sodir etilmoqda. Ammo bu kabi holatlar uchun kompensatsiya miqdori kam.

Masalan, birgina terichilik korxonasida me’yordan ortiq ifloslangan suvni oqizganlik uchun bir oyda o‘rtacha 1,3 million so‘m kompensatsiya hisoblangan. Birlamchi lokal oqova suv tozalash inshootini o‘rnatish uchun esa 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi. Bu vaziyatda esa korxonalar suv tozalash inshootini o‘rnatish o‘rniga arzimagan kompensatsiya to‘lash yo‘lini ma’qul ko‘rishmoqda.  

Endilikda hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, oqova suv tarmoqlariga qoramol terisi matolarini bo‘yash, yog‘-moy, neft mahsulotlarini ishlab chiqarish, parrandachilikka ixtisoslashgan korxonalar va kushxonalardan chiqariladigan chiqindilarni oqizganlik uchun kompensatsiya miqdori 2025 yil 1 oktyabrdan 20 baravarga oshirildi. Har bir toifa suv ob’ektlari bo‘yicha ekologik zarar yetkazmaydigan darajada standartlar ishlab chiqildi.    

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh.Hidoyatovning “Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axboroti eshitildi.

Vazir ta’kidlaganidek, mamlakatimizda aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suv xizmatlarini yaxshilash, sohaning transformatsiya jarayonini jadallashtirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda aholining markazlashgan ichimlik suv ta’minotini oshirish va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar bajarilmoqda. Masalan, 2022-2024 yillarda respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 78 ta oqova suv inshooti, 115 ta oqova suv ko‘tarish inshooti, 1 ming 28 km oqova suv tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshirilgan.  

Shuningdek, xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan 6 ta oqova suv inshooti, 9 ta oqova suv ko‘tarish inshooti, 403 km oqova suv tarmoqlarini qurish ishlari bajarilgan. Natijada 7,7 million aholiga xizmat ko‘rsatish tashkil etilib, markazlashgan oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmati ko‘rsatish darajasi 17,6 foizdan 20,5 foizga yetkazilgan.

Aholini oqova suv xizmati bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish maqsadida joylarda o‘rganishlar olib borilgan va aniqlangan muammolar yuzasidan choralar ko‘rilayotgani aytib o‘tildi. Xususan, ko‘p qavatli uylarda hosil bo‘ladigan oqova suvlarni tozalash uchun qurilgan 43 ta lokal suv tozalash inshootlari ta’mirtalabligi va 41 tasi yetarlicha ekspluatatsiya qilinmagani aniqlandi. O‘rganishlar natijasida shakllangan takliflar asosida joriy yilda 200 km oqova suv tarmoqlarini tortish, 13 ta oqova suv inshootini, 34 ta oqova suv ko‘tarish inshootini qurish rejalashtirilgan.

Jahon banki mablag‘lari ko‘magida bir qator hududlarda oqova suv tizimlari rekonstruksiya qilinishi ko‘zda tutilgan. Joriy yilda bir qator loyihalar doirasida 176 million dollarlik ishlarni amalga oshirish orqali 319 km oqova suv tarmoqlarini tortish va 14 ta inshootni qurish rejalashtirilgan.

Envirol kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyiha doirasida oshxonalardan chiqadigan oqova suvlar tarkibidagi yog‘larni filtrlash ko‘zga tutilgan.  

Majlisda deputatlar sohada erishilayotgan yutuqlarni alohida qayd etib, oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ayrim loyihalarning ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanmagani, oqova suvlarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanilmayotgani, ayrim sanoat korxonalarining tashlanmalaridagi ifloslantiruvchi moddalar ruxsat etilgan me’yorlardan yuqori holatda chiqarib yuborilayotganini tanqid ostiga oldilar.

Bir qator savollar ko‘tarilib, ichimlik suvi sifatini ta’minlash, oqova suvlardan qayta foydalanishni tashkil etish va oqova suvlar tarkibini onlayn monitoring qilish tizimini yaratish bo‘yicha takliflar berildi.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korxonalar suv tarmoqlariga chiqindi oqizgani uchun kompensatsiya miqdori oshirildi