Korxonada kasaba uyushmalari kuni nishonlandi
FOTOREPORTAJ
“Farg‘ona issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyatida 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
[gallery-9511]
Marosimda “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyati direktori Erkinjon Hamidov so‘z olib, so‘nggi yillarda tizimga qaratilayotgan e’tibor natijasida kasaba uyushmalari jamiyatimizning muhim bir bo‘lagiga aylanganini ta’kidladi. Soha vakillarini bayram bilan qutladi.
Tadbirda kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan 24 nafar ishchi-xodimga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA