Korxonada 100 dan ortiq kishining bandligi ta’minlangan
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Davlatobod tumani Porloq mahallasida bo‘lib, ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha ob’ektlaridagi sharoit, aholi bandligi uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.
Viloyat rahbari mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “TEXTILE-PRO GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati, mavjud ishchi o‘rni va eksport hajmi bilan tanishdi.
Ta’kidlash kerak, mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyatida erkaklar, ayollar va bolalar uchun trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard so‘mdan iborat. E’tiborlisi, xomashyo bazasining 90 foizi mahalliy mahsulotni tashkil etadi. Eksport hajmi esa 1,8 million AQSH dollari. Hozirda korxonada 100 dan ziyod kishi mehnat qilmoqda.
[gallery-14929]
O‘zA fotomuxbiri Hotam MAMADALIEV olgan suratlar