Korxona nomlari tartibga keltirildi
Vobkent tumanida yil boshidan hozirga qadar jami 740 ta korxona shundan 482 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan, 228 ta yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari, shuningdek, 73 ta oilaviy korxona, 127 ta MCHJ, 10 ta xususiy korxona,15 ta fermer xo‘jaligi, 2 ta dehqon xo‘jaligi va 1 ta nodavlat ta’lim muassasasi Davlat xizmatlari markazi tomonidan turli nomlar bilan ro‘yxatdan o‘tgan.
Aksariyat tadbirkorlar "Xilvati do‘sti yoronʼʼ, ‘‘GLOBAL MUSTANG’’, ‘‘GOLLAKTIKOS-BARS’’, ‘‘TRIUMPH TEXTILE’’ kabi o‘zi xohlagan nomlarni tanlab ro‘yxatdan o‘tavergan. Aslida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 16 martdagi ʼ"Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 144-sonli qarori bilan ob’ektlarga nom berish "Davlat tili haqida", "Firma nomlari to‘g‘risida" va "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqib, hozirda tadbirkorlar hamda tegishli soha vakillari bilan qonunda belgilab qo‘yilgan talablarga asosan ro‘yxatdan o‘tgan 20 dan ortiq mos kelmaydigan nomlar davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq keladigan, milliy qadriyatlarga mos va ob’ektlarga qo‘yish tavsiya etiladigan nomlar tanlanib, tartibga keltirilmoqda.
Yusuf NASULLAEV
Vobkent tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi