Korxona ishchilari — xotin-qizlar
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “To‘raqo‘rg‘on baraka zamin” xususiy korxonasi hudud yengil sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan. Bu yerda yigirma turda trikotaj kiyim-kechaklar tayyorlanmoqda.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “To‘raqo‘rg‘on baraka zamin” xususiy korxonasi hudud yengil sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan. Bu yerda yigirma turda trikotaj kiyim-kechaklar tayyorlanmoqda.Tadbirkor Bobur Mirzayev 2013-yilda “Agrobank”ning moliyaviy ko‘magida tashkil etgan xususiy korxonada 60 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda. Ularning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan qizlardir.