Korxona ishchilari ― kollej bitiruvchilari
Navoiy shahridagi “Nafis-TEX” ishlab chiqarish korxonasi to‘quvchilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, ayni paytda bu yerda yuzdan ortiq turda bolalar va kattalar kiyim-kechaklari tayyorlanmoqda.

2013-yili O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Navoiy viloyat filiali ko‘magida faoliyatini boshlagan korxonada 15 nafar qiz muqim ish joyiga ega. Ular kollej bitiruvchilaridir. Korxona mahsulotlari viloyatning barcha hududlaridagi korxona va tashkilotlar, savdo nuqtalariga buyurtma asosida yetkazib berilmoqda. Tadbirkorlar yumshoq o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida tayyorgarik ishlarini ko‘rishmoqda.